Tinch atom — barqaror rivojlanish garovi
Tinch atom — barqaror rivojlanish garovi

 

Kuni kecha Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan “Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning barqaror rivojlanishi uchun atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish istiqbollari: xalqaro va milliy tajriba” mavzuidagi xalqaro konferensiyaning dolzarbligi shundaki, unda jahon yadro sanoatining yetakchi mutaxassislari ishtirok etganidir.

E’tibor qaratadigan bo‘lsak, anjumanda IHT mamlakatlarida atom energiyasidan foydalanish istiqbollari, atom obyektlari xavfsizligini ta’minlashda xalqaro tashkilotlarning roli, atom energiyasidan foydalanishning ekologik va ijtimoiy jihatlari, sohadagi ilmiy-texnologik rivojlanish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shu o‘rinda O‘zbekiston tinchlik maqsadlarida atom energiyasidan foydalanishni faol rivojlantirish hamda atom texnologiyalaridan xavfsiz foydalanishga e’tibor qaratayotganini alohida qayd etish joiz. Zero, Prezident Shavkat Mirziyoyev mazkur konferensiya ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatida mamlakatimizni ishonchli, xavfsiz, iqtisodiy samarador va ekologik toza energiya manbalari bilan ta’minlash — Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda ustuvor yo‘nalish ekanligiga urg‘u berdi.

Atom energiyasi bo‘yicha ilg‘or texnologiyalarning joriy etilishi mamlakatimiz taraqqiyoti uchun juda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Davlatimiz rahbari ushbu masalaga e’tibor qaratgani bejiz emas, albatta. Chunki bugungi kunda O‘zbekiston iqtisodiyoti jadal rivojlanayotgan va aholi soni ortib borayotgan davlat sanaladi. Demakki, energiyaga bo‘lgan talab ham ortib boraveradi. Barqaror va ishonchli energiya ta’minoti uchun mamlakat energiya manbalarini diversifikatsiya qilish lozim bo‘ladi. Aytish mumkinki, bu mamlakatimizning jadal taraqqiy etayotgan iqtisodiyoti uchun ham g‘oyatda foydalidir.

 

Ulug‘bek SHЕRMATOV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining

Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi,

O‘zXDP fraksiyasi a’zosi.

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Oliy Majlis Partiya munosabati Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish