Namanganlik deputatlar va’dalarini bajarishga tayyor

 

Deputatning asosiy vazifasi, avvalo, jamiyatdagi dolzarb masalalar yechimiga qaratilishi lozim. Buni inobatga olgan holda O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi raisining deputatlik birlashmalari bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari Maqsuda Vorisova boshchiligidagi ishchi guruhi joylarda o‘quvlar o‘tkazmoqda. Unda mamlakatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy taraqqiyotning aniq ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olishda deputatlik va jamoatchilik nazoratidan keng foydalanish masalalari muhokama qilinmoqda.

Ana shunday tadbirlardan navbatdagi Namanganda bo‘lib o‘tdi. Unda fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini, huquqiy ongini oshirishda, aholining ijtimoiy qatlamlari manfaatlarini himoya qilishda deputatlar qaysi o‘rinda bo‘lishi lozimligi haqida so‘z bordi. Xususan, markazda va joylarda davlat hokimiyati organlarini shakllantirish jarayoniga ta’sir o‘tkazishda siyosiy partiyalar faoliyati muhim ahamiyat kasb etishi hududiy vakillik organlaridagi deputatlik guruhlari mansabdor shaxslarning joylarda ijtimoiy iqtisodiy masalalarning hal etilishi, davlat dasturlarining ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi tushuntirildi.

O‘quvda partiya guruhlarining huquqlari, deputatning vakolatlari, saylovchilar bilan muloqot olib borish, deputat so‘rovini manzilli yuborish tartibi haqida atroflicha tushunchalar berilib, bu bo‘yicha partiya Markaziy Kengashi tomonidan ishlab chiqilgan uslubiy qo‘llanmalar deputatlarga tarqatildi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Saylov-2024
← Roʻyxatga qaytish