Saylovchilar ishonchini qozonish zarur

 

Yaqinda Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Saylovoldi dasturi ijrosiga qaratilgan 2024-2029-yillarga moʻljallangan Harakat dasturini tasdiqladi. Unda 10 ta yoʻnalish, 15 qadam va 122 banddan iborat vazifalar belgilangan. Dastur doirasida 2 ta yangi kodeks, 10 ta yangi qonun tashabbusi bilan chiqish, 10 ta kodeks va 50 ga yaqin qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish masalalari oʻrin olgan.

Bu vazifalarni bajarishda mahalliy Kengashlar deputatlarining oʻrni va roli katta. Shu maqsadda Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi ishchi guruhi joylarda oʻquvrlar oʻtkazmoqda. Navbatdagi seminar Jizzaxda boʻlib oʻtdi.

Taʼkidlandiki, hayotga, odamlar ichiga kirmasdan, ular bilan muloqot qilmasdan, faqat yuqoridan turib topshiriq berishdek nomaqbul tajriba endi ish bermasligini undan butunlay voz kechish vaqti kelganligini davrni oʻzi taqoza qilmoqda. Odamlar orasida boʻlish, ularning tashvishi, hayoti bilan qiziqish va murojaatlariga yechim topish saylovchilar ishonchini qozonishga xizmat qiladi.

Jamiyat va davlat hayotining muhim masalalarini hal etishda mahalliy vakillik organlarining rolini oshirish maqsadida 33 ta funksiya va vakolat xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga oʻtkazildi. Bu demokratik taraqqiyot sari yana bir katta qadam tashlangani mamlakatimiz tarixida ilk marotaba viloyat Kengashlariga hokimlar rais boʻlishi amalda bekor qilindi. Endilikda viloyat Kengashi deputatlari orasidan saylangan deputat raislik qilishni boshladi.

Oʻtkazilayotgan seminarlarda ana shu masalalar haqida soʻz bormoqda. Shu bilan birga, mahalliy Kengashlar faoliyatida uchrayotgan kamchiliklar, deputatlarning aholi muammolarini hal etish borasida deputatlarning roli sezilarli darajada ortganini alohida eʼtirof etildi. Faoliyat samaradorligini oshirish, aholi murojaatlari bilan ishlash, joylardagi muammolarning yechimiga oid takliflar tayyolash haqidagi masalalarda tushuntirishlar berildi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Bizning deputat Saylov-2024
← Roʻyxatga qaytish