Saylovchilar ishonchini qozonish mas’uliyat va tashabbus talab etadi

 

Odamlarning to‘kis hayot kechirishi, o‘zini har tomonlama baxtli his etishi uchun, aslida, ko‘p narsa talab etilmaydi. Yashashi va ishlashi uchun shart-sharoit, shuningdek, istiqomat qilayotgan joyida yetarli infratuzilma bo‘lsa bas.

Xalqimizning orzu intilishlarini, joylardagi mavjud holatni aniqlash va ularga o‘z yechimlarini taklif etish bevosita mahalliy Kengashlar deputatlari ga mas’uliyat yuklaydi. Shundan kelib chiqib joylarda o‘tkazilayotgan treninglarning navbatdagisi Navoiyda tashkil etildi. Unda O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari Maqsuda Vorisova, boshqarma boshlig‘i Mavjuda Hasanova hamda viloyat partiya kengashi rahbarlari, mas’ullar hamda deputatlar ishtirok etdi.

Seminarda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun tatbiq etilgan dasturlarning ijrosida deputatlik hamda jamoatchilik nazoratining ahamiyati, partiya guruhlari faoliyatidagi samaradorlik haqida so‘z bordi.

Qolaversa, deputatlar nazorat tadbirlari, aholi bilan uchrashuvlar va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash jarayonida mahalladan tortib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar darajasigacha bo‘lgan muammoli masalalarni hal etish bo‘yicha takliflar tayyorlashiga oid ko‘rsatma hamda takliflar bildirildi.

Qayd etildiki, bu mahalliy Kengashlar deputatlariga katta ishonch bo‘lishi bilan bir qatorda, ularning zimmasiga ulkan mas’uliyat ham yuklaydi. Ushbu vazifani muvaffaqiyat bilan bajargan deputat saylovchilar ishonchiga kiradi, sodda qilib aytganda, xalq vakili, degan nomni oqlaydi.

Saylovchilar ishonchini qozonish, ularning mushkulini oson qilishda nimalarga e’tibor qaratish zarurligi tushuntirildi. Ochiq muloqot asosida o‘tayotgan seminarlar keyinchalik tuman va shaharlar kesimida ham o‘tkazilish rejalashtirilgan.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Saylov Bizning deputat Saylov-2024
← Roʻyxatga qaytish