Belgilangan vazifalar ijrosi deputatlar nazoratida

 

Qashqadaryo viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasida – soha xodimlari, xalq deputatlari viloyat Kengashidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi guruhi a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida xalq deputatlari viloyat Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda Prezidentimizning 2021-yil 19-iyundagi “Ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosining viloyatda bajarilishi bo‘yicha viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i Zokirov Zohidjon Zokirovichning hisoboti eshitildi.

Mazkur qaror ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, boshqaruv organlarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash hamda ko‘p kvartirali uy-joylarning umumiy mol-mulkini saqlash maqsadida qabul qilingan. Shuningdek, uy-joylarning umumiy mol-mulkidan samarali foydalanish va uni ta’mirlash, ularga tutash yer uchastkasini obodonlashtirish ishlarining izchil amalga oshirilishini ta’minlash ham nazarda tutilgan.

Hisobotda qaror ijrosi yuzasidan Qarshi shahridagi Amir Temur va “Tabassum” mahalla fuqarolar yig‘inlarida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. Majlis kun tartibidagi masala va qilingan amaliy ishlar bo‘yicha soha vakillariga xalq deputatlari viloyat Kengashining deputatlari Ya.Inoyatov, S.Kamilova hamda S.Ahmadjonovalar fikr-mulohazalari va savollari bilan murojaat qilishdi.

O‘zbekiston XDPdan saylangan deputatlar partiya g‘oyalari va tashabbuslaridan kelib chiqib o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Elektorat manfaatlariga aloqador savollar bilan murojaat qildilar.

Qo‘shma majlis vakolati doirasida qarorlar qabul qildi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish