Partiya dasturidagi vazifalar ijrosidagi muhim qadam
Partiya dasturidagi vazifalar ijrosidagi muhim qadam

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining asosiy maqsadi “har bir inson uchun ijtimoiy tenglik va adolat tamoyillari asosida munosib yashash sharoitini yaratish, ijtimoiy tafovutlarni kamaytirish, muhtojlarga yordam berish, kambag‘allikni qisqartirish, aholini yangi ish o‘rinlari va kafolatli daromad manbai bilan ta’minlash bo‘yicha samarali siyosatni amalga oshirish”dan iborat ekani belgilab qo‘yilgan. Prezidentimiz raisligida bo‘lib o‘tgan “Ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va 2025-yildagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida” videoselektor aynan partiyamiz maqsadlariga to‘la mosligi bilan yanada chuqur ahamiyat kasb etadi.

Prezident bu yil ijtimoiy himoya bo‘yicha qilingan 34 ta muhim yangilikka qo‘shimcha 28 ta yangi tashabbusni ilgari surgani hammamizni quvontirdi.

Kambag‘allikdan chiqishning muhim shartlaridan bir sifatida ta’limga bo‘lgan e’tiborning kuchayishi ekani ta’kidlandi. Shu ma’noda yangi yildan oilaviy bog‘cha o‘rinlarini 15 foiziga kambag‘al oila farzandlari qabul qilinishi va bog‘cha to‘lovi qisman qoplab berilishi, kambag‘al oila farzandlarini chet tili, IT va kasb-hunarga o‘qitish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilishi, kambag‘al oiladagi 118 ming yoshlarni o‘qitish, va to‘garak xarajati 80 foizgacha budjetdan qoplanishi, 2025-yilda 3,5 ming yoshlarni oliygohga grant asosida qabul qilish kabi masalalar bu boradagi ustuvor tashabbuslar hisoblanadi.

Aslida ham ilmdan boshqa najot yo‘q. Har qanday davlat va jamiyatning taraqqiyoti bevosita ilf-fan, ta’lim-tarbiyaga qaratilgan e’tibor hamda yaratilgan sharoitlar bilan belgilanadi. Shunday ekan, ta’lim olishdagi teng imkoniyatlar partiyamiz elektorati vakillarining orzu-intilishlari, iqtidorlarini ro‘yobga chiqarishda muhim vosita sanaladi.

Umuman olganda, Prezidentimiz rahbarligida ijtimoiy himoyaga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilish partiyamiz saylovoldi dasturiga kiritilgan vazifalarning ijrosi uchun yangi burilish bo‘lib xizmat qiladi. Ikkinchi tomondan esa yig‘ilishda ko‘tarilgan ijtimoiy himoya sohaga oid masalalar partiyamiz dasturining qanchalik xalqchil ekanining yana bir bor isbotlaydi. Demak har bir partiya xodimi, a’zosi va deputatlar barcha imkoniyatlarni safarbar etib, davlatimiz rahbari belgilab bergan vazifalarni og‘ishmay amalga oshirishimiz zarur.

 

Badriddin NASRIYEV,

O‘zbekiston XDP Samarqand viloyat kengashi raisi,

viloyat Kengashi deputati.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Partiya munosabati
← Roʻyxatga qaytish