Ijtimoiy himoya tizimiga oid muhim tashabbuslar
Ijtimoiy himoya tizimiga oid muhim tashabbuslar

 

Xabaringiz bor, Prezidentimiz raisligida ijtimoiy himoya sohasiga oid masalalarda yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy himoya sohasidagi o‘zgarishlar va yangilanishlar haqida muhim va amaliy masalalarni ko‘tardi. Unda ustuvor vazifalar, ijtimoiy himoya tizimining rivojlanishi va unga ko‘maklashish bo‘yicha muhim tashabbuslar e’lon qilindi.

Ijtimoiy himoya sohasidagi ishlarning asosiy maqsadi aholining yordamga muhtoj toifalarini qo‘llab-quvvatlash va ularning hayot darajasini oshirishdan iborat. Aholini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish borasida kam ta’minlangan oilalarga nisbatan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamlar yanada kengaytiriladi. Ayniqsa, nogironlar, qariyalar va ijtimoiy yordamga muhtoj boshqa toifalarga bo‘lgan diqqat-e’tibor mustahkamlandi.

Jamiyatdagi ijtimoiy notengliklarni bartaraf etish borasida Prezidentimizning har bir fuqaro huquqini himoyalashga qaratilgan tashabbuslari jamiyatdagi ijtimoiy adolatni tiklashga xizmat qiladi. Yana bir muhim masala, ijtimoiy faollikni oshirish – odamlarning ijtimoiy, madaniy va siyosiy jarayonlarga aktiv ishtirokini ta’minlashga qaratilgan choralar haqida fikr yuritildi.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi faoliyati ijtimoiy adolat va aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan hamda bu ijtimoiy himoya sohasidagi islohotlar hamda ustuvor vazifalarning amalga oshirilishini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Maqsadimiz – barcha fuqarolar uchun barqaror va farovon hayot shart-sharoitlarini yaratish, ijtimoiy tenglik va adolatni ta’minlashdir.

Yig‘ilishda ko‘tarilgan yana bir masalani alohida ta’kidlash joiz — bolalarning oilaviy muhitga qaytishini ta’minlash, ularning ta’lim va tarbiya olishini yaxshilashga qaratilgan islohotlardir. Bu qadam bolalarning psixologiyasi va o‘sishidagi muhim omil bo‘lib, ularga oilada tarbiya olish imkonini bermoqda.

Ijtimoiy himoya sohasidagi yana bir muhim qaror bu — nazoratsiz va qarovsiz bolalar uchun ixtisoslashgan maktablarda 5 foiz kvota joriy qilish. Bu qadam, albatta, ijtimoiy samaradorlikni oshirishga qaratilgan. Bu maktabda bolalarni ham ta’lim, ham ijtimoiy muhitga integratsiya qilishga qaratilgan maxsus dasturlar amalga oshiriladi.

Bu tashabbuslar mamlakatimizdagi ijtimoiy himoyani mustahkamlash va bolalarning ijtimoiy xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi. Ijtimoiy yordam tizimining rivojlanishi, nogiron bolalar va ota-ona muhabbatiga muhtoj bolalarga ularning haqli o‘rnida yangilangan sharoitlar yaratilishi jamiyatimizning eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.

Bu ijtimoiy islohotlar, albatta, mamlakatimizda yoshlar va bolalarning farovonligini, ularning ijtimoiy hayotga faol qatnashishini ta’minlashga xizmat qiladi.

 

Shoxrux O‘KTAMOV,

O‘zbekiston XDP Farg‘ona viloyat kengashi raisi v.b.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Partiya munosabati
← Roʻyxatga qaytish