Partiyaviy tashabbuslar ijrosida deputatlik birlashmalarining o‘rnini oshirish lozim

 

10 ta yo‘nalish, 15 qadam va 122 banddan iborat vazifalar — bu O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining Saylovoldi dasturi ijrosiga qaratilgan Harakat dasturidan o‘rin olgan vazifalar majmui. Unga ko‘ra, 2 ta yangi kodeks, 10 ta yangi qonun tashabbusi bilan chiqish, 10 ta kodeks va 50 ta yaqin qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, 20 ta normativ hujjatlar ijrosi ustidan parlament va deputatlik nazorati olib borish tartibidagi faoliyatni yo‘lga qo‘yish masalalari qamrab olingan.

Bu chora-tadbirlarning ijrosi birgina Quyi palata yoki partiya tashkilotlari bilangina amalga oshmaydi. Harakat dasturida belgilangan vazifalar bevosita mahalliy Kengashlar faoliyati samaradorligiga ham bog‘liq. Shundan kelib chiqib joylarda yangi saylangan deputatlar ishtirokida o‘quv-seminarlar tashkil etilmoqda. Buxorodagi tadbir ham ana shularning davomi bo‘ldi.

Unda O‘zbekiston XDP Saylovoldi dasturidagi ustuvor g‘oya va tashabbuslarni ro‘yobga chiqarishda partiya guruhlarining roli va o‘rni haqida so‘z bordi. Deputatlik vakolatlaridan samarali foydalanish, deputatlik nazorati institutini qo‘llash amaliyoti, so‘rov yuborishning qonuniy mezonlari tushuntirildi.

Ushbu keng qamrovli vazifalarni bajarishda partiya tashkilotlari va deputatlik birlashmalarining doimiy hamkorligini ta’minlash, huquqiy imkoniyatlardan to‘liq foydalanish dolzarb ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Viloyatlarda davom etayotgan o‘quv-seminar partiya Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari Maqsuda Vorisova boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan o‘tkazilmoqda. Keyinchalik ushbu tajriba tuman va shahar darajasida ham etishi rejalashtirilgan.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Saylov Bizning deputat Saylov-2024
← Roʻyxatga qaytish