Jamiyatda tenglikni ta’minlash bosh maqsadimizdir
Jamiyatda tenglikni ta’minlash bosh maqsadimizdir

 

Ijtimoiy himoya sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish, muhtoj odamlarga yordam berish va kambag‘allikni kamaytirish bularning barchasi jamiyat taraqqiyotining muhim omili hisoblanadi.

Prezidentimiz raisligidagi yig‘ilishda ta’kidlanganidek, o‘tgan vaqt mobaynida 95 ming muhtoj odamga yordam berildi, 51 ming odamga nogironlik belgilandi, 26 ming nafariga protez buyumlari topshirildi, 5 ming nogiron bola bog‘cha-maktabga joylashtirildi. Ushbu ishlar haqiqatan ham muhim yutuqlardir.

Ayniqsa, asossiz nafaqa to‘lashning oldi olindi va qisqargan xarajatlar budjetda qoldirilgani bu mablag‘larni boshqa muhim ijtimoiy loyihalarga yo‘naltirish imkonini tug‘dirdi. Kambag‘al oilalar bilan individual ishlash yo‘lga qo‘yilgani esa muhtoj odamlarga yaqindan yordam berish, ularning muammolarini hal qilish imkonini berganida o‘z aksini topdi.

Oilaviy bog‘chalarni kengaytirish va ularda kambag‘al oila farzandlarini ustuvor ravishda qabul qilish, bog‘cha to‘lovini qisman qoplab berish, bolalarni ta’lim olish imkoniyatidan mahrum qilmaslik uchun juda muhim choralar bo‘lib meni xursand qilgani bu bizning partiyamiz saylov oldi dasturida ilgari surilgan g‘oyalar bilan hamohangdir.

Bu tashabbuslarni amalga oshirish orqali kambag‘allikni kamaytirish, bolalarning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish va jamiyatda tenglikni ta’minlashga xizmat qiladi. Shu bilan birga, partiyamizni dasturlarida ilgari surilgan g‘oyalarni Hukumat dasturlariga kiritilishi, mamlakat hayotida o‘z aksini topishida ham muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Sherali MAMADETSOYEV,

O‘zbekiston XDP Sirdaryo viloyat kengashi raisi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Partiya munosabati
← Roʻyxatga qaytish