Ijtimoiy sohadagi yig‘ilish partiyamizning oldiga qo‘ygan Harakatlar dasturi vazifalar ijrosiga juda katta ijobiy turtki bo‘ldi. Yig‘ilishda belgilangan vazifalar berilgan katta imkoniyat hamda oldimizga qo‘ygan maqsadlarimiz ijrosiga ijobiy ta’sir o‘tkazadi.
Yig‘ilishda aholi ijtimoiy himoyasining barcha yo‘nalishlari, yechimlari bilan keng yoritildi. Nogironlar reabilitatsiyasiga e’tibor kuchayadigan bo‘ldi. Ijtimoiy yordamda o‘qitish, hunar o‘rgatish ishlaridagi yo‘nalishlar ko‘rsatib berildi. Ayniqsa, ularga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, protez mahsulotlari va dori-darmon bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.
Uchqo‘rg‘on tumanida 6200 nafar fuqaro “Inson” ijtimoiy himoya agentligi nazoratiga olingan. Tumanda 4 mingdan ortiq nogironligi bo‘lgan shaxslar bor. Kambag‘allikdan chiqarish dasturi asosida 101 nafar rahbarga 505 ta kambag‘al oila biriktirilgan. Shu kunlarda Prezidentimizning 25 noyabrdagi 405-sonli qaroriga asosan tuman “Nuroniy”lar kengashi, tuman “Mahalla” uyushmasi har bir mahallada uch nafardan faol nuroniylar kengashi a’zolariga besh nafardan oilani kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. O‘zbekiston XDP guruhi Xalq deputatlari tuman Kengashi, tuman hokimi, “Nuroniy”lar kengashi, tuman “Mahalla” uyushmasi bilan bu borada bir qator masalalarga kelishib olindi.
Xususan, muntazam ravishda, ya’ni har oyda, har haftada ikki kun 9 nafar tuman kengashi deputati bilan ijtimoiy himoya samaradorligi bo‘yicha qilinadigan ishlar chora-tadbirlari belgilandi. Kambag‘allikdan chiqarish uchun ro‘yxatga olingan fuqarolar bilan ishlash borasida ham bajariladigan masalalar qayd etildi. Buning uchun har oyda tuman Kengashiga axborot kiritish, har chorakda partiya guruhi va doimiy komissiya va tuman Kengashi sessiyada mazkur masalani muhokama qilib borish talab etiladi.
Xalq demokratik partiyasining tashabbusi Kengash raisi tomonidan qoniqish bilan qabul qilindi. Ayniqsa, bu yo‘nalishda muntazam jamoatchilik nazorati olib boriladi. Albatta, tuman Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhi bu yo‘nalishda ijobiy natijalarga erishishda bor tajriba va imkoniyatini ishga soladi.
Abdullajon QODIROV,
O‘zbekiston XDP Uchqo‘rg‘on tuman kengashi raisi,
tuman Kengashidagi partiya guruhi rahbari.