"Xotin-qizlar huquqlari qonun himoyasida"

 

Biror bir mamlakat yoki jamiyatning taraqqiyoti, qudrati, yuksalishi bevosita u yerda xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik bilan baholanadi. Ayollarni har tomonlama himoyalash va qo‘llab-quvvatlash yurt istiqboli garovidir albatta.

O‘zbekiston XDPning dasturlarida ham hamisha xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ifodalovchi ko‘plab tashabbuslar ilgari suriladi. Avvalo, ularni kasb-hunarli, ishli qilish, salomatligi va xavfsizligini himoyalash yo‘nalishlarida aniq chora-tadbirlar belgilanadi, qator loyihalar yo‘lga qo‘yilib, opa-singillarimizning huquqiy savodxonligini oshirishga alohida e’tibor qaratiladi.

O‘zbekiston XDP Farg‘ona viloyat kengashi tomonidan o‘tkazilgan tadbir ayni shu maqsadga qaratildi. Viloyat partiya kengashi "Xotin-qizlar huquqlari qonun himoyasida" nomli mavzu doirasida Farg‘ona politexnika institutidagi "Mehrjon" onalar va bolalar markazi hamkorligida davra suhbati tashkil etdi. Uchrashuvda oliy ta’lim tizimidagi xotin-qizlar faollari, jamoatchilik vakillari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari ishtirok etdi.

Davra suhbatida xotin-qizlarning huquqlari, ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish borasidagi chora-tadbirlar haqida so‘z bordi. Shuningdek, opa-singillarimizning bu boradagi savollariga javob qaytarildi. Tadbir davomida bir guruh faol ayollar partiya a’zoligiga qabul qilindi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi Men OʻzXDPni tanladim
← Roʻyxatga qaytish