Qorovulbozorda “muhokama, tahlil va taklif”
Qorovulbozorda “muhokama, tahlil va taklif”

 

Qabul qilinayotgan me’yoriy hujjatlar mazmun-mohiyatini o‘rganish, muhokama qilish va partiya pozitsiyasidan kelib chiqib takliflarni shakllantirish. O‘zbekiston XDPning Saylovoldi dasturi asosida ishlab chiqilgan Harakatlar dasturiga muvofiq, tasdiqlangan mazkur amaliyot joylarda izchillik bilan davom ettirilmoqda.

Ayni maqsadda Qorovulbozor tumani kengashida tashkil etilgan muloqot bunga misol bo‘la oladi. Tuman partiya kengashi raisi ishtirokida o‘tkazilgan muloqotda "Er uchastkalaridan foydalanish tartibi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonun loyihasining mazmun-mohiyati haqida so‘z bordi. Loyihada qanday qo‘shimcha va me’yorlar taklif etilayotgani tushuntirildi.

Ishtirokchilari qonun loyihasining partiya elektorati manfaatlariga qay darajada ahamiyatli, saylovchilar huquqlari, jamiyat rivoji yo‘lida qanday o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi bilan qiziqdi. Ayni shu jihatdan kelib chiqib, masala muhokama qilindi va takliflar bildirildi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat
← Roʻyxatga qaytish