O‘zbekistondagi uzluksiz ta’lim haqida yangi kitob nashrdan chiqdi
O‘zbekistondagi uzluksiz ta’lim haqida yangi kitob nashrdan chiqdi

 

Ta’lim doimo insoniyatni har qanday inqirozdan olib chiquvchi qudratli tayanch bo‘lib kelgan. Har qanday davlat va jamiyatning taraqqiyoti, avvalo, uning ta’lim tizimini qay darajada rivojlantirishi bilan bog‘liq.

Shu ma’noda, Yangi O‘zbekistonda ham “Uchinchi renessans”ni barpo etishning asosiy va muhim omili sifatida aynan ta’lim va tarbiyaga e’tibor qaratilayotgani bejizga emas.

Ta’lim sohasi fidoyisi, pedagogika fanlari doktori, professor Ulug‘bek Inoyatovning “Yangi O‘zbekistonda uzluksiz ta’lim” nomli ilmiy-ommabop kitobda yillar davomida ta’lim tizimida to‘planib qolgan muammolar keyingi yillarda qanday yechim topayotgani aniq fakt va raqamlar asosida ochib berilgan.

Shuningdek, kitobda yurtimizda ta’limning barcha bosqichlarida eng yuqori natijalarga erishish bo‘yicha belgilangan strategik vazifalarning ahamiyati haqida tahliliy xulosalar keltirilgan.

Ushbu kitob nafaqat ta’lim tizimi xodimlari uchun, balki keng jamoatchilik uchun o‘ziga xos ilmiy, tahliliy, ommabop qo‘llanma sifatida xizmat qiladi.

 

Kitobni ushbu havoladan bepul yuklab olishingiz mumkin.

 

 

 

 

 

 

 

 
← Roʻyxatga qaytish