Har bir rag‘bat ortida ezgu maqsad bor
Har bir rag‘bat ortida ezgu maqsad bor

 

O‘zbekiston XDP Nishon tumani kengashi tomonidan navbatdagi tuhfa tuman axborot kutubxona markazi boshlang‘ich partiya tashkilotiga bo‘ldi.

Partiyamizning ustuvor vazifalaridan sanalgan nogironligi bo‘lgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamisha e’tibor markazida. Shundan kelib chiqib, joylarda turli tadbirlar tashkil etiladi. Shundan kelib chiqib, partiyaning Nishon tuman kengashi xayrli tashabbusga qo‘l urdi. Xususan, ko‘zi ojiz kitobxonlar uchun brayl alifbosida yozilgan O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi kitoblari axborot kutubxona markaziga tuhfa qilindi.

Shuningdek, partiya kengashi tashabbusi bilan hamkorlar ko‘magida Pirimqul Qodirovning "Ona lochin vidosi” kitobidan 15 dona, Tog‘ay Murodning “Yulduzlar mangu yonadi” asaridan 10 dona sovg‘a qilinib, kutubxona fondining boyisha hissa qo‘shildi.

Albatta partiyamizning bu kabi tashabbuslari tuman kitobxonlari uchun qulay sharoit, qo‘shimcha imkoniyat yaratilishiga sabab bo‘ladi.

 

 

 

 

 

 

← Roʻyxatga qaytish