Gender tenglikni ta’minlashda eng faol deputat
Gender tenglikni ta’minlashda eng faol deputat

 

Sherobod tumanidagi 8-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi direktori, xalq deputatlari tuman Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhi a’zosi Nigora Saidova «Gender tenglik faoli» milliy tanlovining viloyat bosqichida faol ishtirok etdi. Deputat «Gender tenglikni ta’minlashda eng faol tuman davlat organi» nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi va Respublika bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Uning asosiy maqsadi – jamiyatdagi gender tenglikni ta’minlash, ayollar va erkaklar uchun birdek imkoniyatlar yaratish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdir.

Nigora Saidova o‘zining faoliyatida ayollar uchun har tomonlama qulay sharoitlar yaratish, ularni ijtimoiy va iqtisodiy hayotga jalb qilish, gender tenglikni ta’lim va madaniyat sohasida targ‘ib qilishga katta e’tibor qaratmoqda. Uning ko‘p yillik mehnat faoliyati jumladan, bolalar musiqa va san’at maktabini boshqarishdagi yo‘nalishlari gender tenglikni ta’minlashga qaratilgan ishlarning muhim qismiga aylandi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish