Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi deputatlari ijtimoiy soha obyektlarida bo‘lib, u yerdagi holatni o‘rganmoqda. Xususan, kuz-qish mavsumiga ko‘rilgan tayyorgarliklarni ko‘zdan kechirishmoqda.
Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi 17-Yangibo‘ston saylov okrugiga O‘zbekiston XDPdan saylangan deputat A.Ibadullayev «O‘zbekiston» mahallasiga borib, «G‘allakor» OSHPga qarashli konteynerda joylashgan tibbiyot punktidagi shart-sharoitlar bilan tanishdi. Xodimlar va aholi uchun zarur masalalarni o‘rgandi.
Shuningdek, deputat mahalladagi 34-DMTT va 17-maktabning isitish tizimlarini ko‘zdan kechirdi. O‘rganishlar davomidan elektr energiyasi tez tez o‘chishi natijasida sinf xonalari isimasligi aniqlandi. Aniqlangan muammolarni bartaraf etish maqsadida deputat mas’ul tashkilotlar bilan birgalikda amaliy ishlar olib borish yuzasidan vazifalarni belgilab oldi.