Toshkentda yangi BPT tashkil etildi

 

O‘zbekiston XDP Yunusobod tumani kengashi tashabbusi bilan tumanda joylashgan Chinobod sanatoriyasida tadbir tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining dasturiy maqsad va vazifalari haqida so‘z bordi.

Xususan, partiya ijtimoiy himoyani kuchaytirish, barcha uchun teng imkoniyatlar yaratish, davlat mas’uliyatini oshirish kabi yo‘nalishlardagi tashabbuslari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, partiyaning tibbiy xizmat sifatini oshirish, doriga qaramlikni kamaytirish, farmatsevtika sohasiga xalq tabobatini keng jalb etishga oid hayotiy takliflari haqida to‘xtalib o‘tildi.

O‘zbekiston XDP Toshkent shahar kengashi raisi Nigora Eshmetova joriy yilning 27 oktabrida bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengash deputatlik saylovlarida partiyamiz mahalliy Kengashlardagi pozitsiyasini saqlab qolganini qayd etdi. Bu esa partiya g‘oyalarini hayotga tatbiq etishda muhim ekani ta’kidlandi.

Tadbir ishtirokchilari partiya g‘oyalariga xayrixohlik bildirdi va yangi boshlang‘ich partiya tashkiloti tuzishga qaror qilindi. Shu kunning o‘zida bu masala amalga oshib BPTga rahbar tayinlandi. Yangi a’zolarga partiya guvohnomalari va esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

 

 

 

 

← Roʻyxatga qaytish