Xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhi a’zosi A.Fozilov M.Tarobiy mahallasida joylashgan 53-sonli tibbiy punktida tibbiy ko‘rik tashkillashtirdi. Tadbir doirasida 100 dan ortiq aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Aytish kerakki, ko‘rikka barcha tor soha mutaxassislari jalb qilindi. Ishtirokchilar laboratoriya tahlillari, EKG va UTTdan o‘tkazildi.
Hududda istiqomat qilayotgan ayollar o‘rtasida onkologik kasalliklar aniqlangani sababli viloyat onkologiya dispanseridan mammolog mutaxassisi qatnashib 75 nafar ayolni ko‘rikdan o‘tkazdi.
Tibbiy ko‘rik davomida 1 nafar bemor viloyat shifoxonasi kardiologiya bo‘limiga davolanishga ehtiyoji borligi aniqlandi va muammo joyida hal etildi.
Ko‘rik natijalariga ko‘ra, aholiga turli maslahat va tushuntirishlar berildi.