Doimiy komissiya yig‘ilishida XDP deputatlari o‘z takliflarini bildirdi

 

Xalq deputatlari Chortoq tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari hamda Ijtimoiy soha yoshlar siyosati, madaniyat sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalarining 1-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Komissiya yig‘ilishida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalar ko‘rib chiqildi.

Avvalo, Chortoq tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining 2025-yil uchun tuman mahalliy budjetini tasdiqlash bilan bog‘liq masala muhokama qilindi. Unda O‘zbekiston XDP guruhi elektorati manfaatlaridan kelib chiqib, savollar, fikr-mulohazalarini bildirdi. Ijtimoiy sohaga yo‘naltiriladigan mablag‘lar miqdori va maqsadliligi yuzasidan takliflar berildi.

Shu bilan birga, 2025-yil uchun yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlari uchun bazaviy soliq stavkalarini belgilash yuzasidan takliflar ham ko‘rib chiqildi.

Kun tartibidagi yana bir masala tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan sohada amalga oshirilayotgan ishlar, “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan xotin-qizlar muammolarini o‘rganish, ahvoli yaxshilangan opa-singillarimizni daftardan chiqarishga oid chora-tadbirlarga qaratildi.

Komissiya yig‘ilishida Chortoq tuman Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhi a’zosi Fayzullaxon Bahodirov o‘z takliflari, fikr-mulohazalarini bildirdi. Sessiya ishiga kiritilishidan oldin har bir masala yana bir karra ko‘zdan kechirilishi kerakligi ta’kidlandi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish