Elektorat vakillar uchun tibbiy ko‘rik o‘tkazildi

 

Aholining ehtiyojmand qatlamlariga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘lami kengaytirilmoqda. Tibbiy xizmat, sog‘liqni saqlash tizimi zamon talablari mos ravishda takomillashib boryapti. E’tiborlisi, bugun odamlarning tibbiy madaniyati ham ancha yuqori. Bu borada ularni qo‘llab-quvvatlash, profilaktik tadbirlarni muntazam yo‘lga qo‘yish salomatlikni saylashda muhim sanaladi.

O‘zbekiston XDP ayni ushbu yo‘nalishda qator loyihalarni hayotga tatbiq etib kelmoqda. An’anaviy tarzda joylarda o‘tkazilayotgan tibbiy ko‘rik aksiyalari ana shular jumlasidandir. Partiyaning Toshkent viloyat kengashi hamda xalq deputatlari viloyat Kengashidagi partiya guruhi a’zosi Sh.Abdurahimova tashabbusi bilan Ohangaron tumanida tibbiy aksiya tashkil etildi.

Unda tumanining ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand aholi qatlami ishtirok etdi. Fuqarolar 20 nafar tor doiradagi yuqori malakali mutaxassislar tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Xususan, ishtirokchilarga tuman Tibbiyot birlashmasida Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislari tomonidan bepul tashxis va maslahatlar berildi. Xonadonlarga borilib nogironligi bo‘lgan shaxslarning holidan xabar olindi, ularning salomatligi nazoratdan o‘tkazildi. Har bir bemorga alohida tavsiyalar berildi.

Viloyatimizning barcha shahar-tumanlaridan kelgan shifokorlar bilan o‘tkazilgan tadbirda otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklarini davolashning o‘ziga xos xususiyatlari, bu boradagi zamonaviy tibbiy texnologiyalarni amaliyotga joriy etish va boshqa bir qator dolzarb mavzularda suhbatlar bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, markaz xodimlari tomonidan mahalliy shifokorlar uchun mahorat darslari o‘tilib, o‘zaro tajriba almashildi.

Shu kuni tumandagi 200 nafardan ortiq fuqaroga tibbiy xizmatlar ko‘rsatildi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish