Tuman Kengashi deputatlari Oliy Majlis Senatida
Tuman Kengashi deputatlari Oliy Majlis Senatida

 

Xalq demokratik partiyasidan Toshkent tumani Kengashiga saylangan deputatlar tashabbusi bilan bir guruh vakillarimiz Oliy Majlis Senatida bo‘lishdi.

Oliy Majlis Senatining qo‘mita raislari Abdulhakim Eshmurodov, Malika Qodirxonova hamda boshqa bir qator senatorlar bilan samimiy uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv jarayonida Senatning mamlakatimizda ijtimoiy davlat yaratish maqsadida olib borilayotgan islohotlar va bu jarayonda deputatlarning, ayniqsa, mahalliy Kengash deputatlarining o‘rni muhim ekani haqida fikrlar bildirildi.

Yangi saylangan deputatlar korpusining qabul qilinayotgan qonunlarga takliflari zarurligi hamda qonunlarning joylardagi ijrosini ta’minlash uchun jamoatchilik va deputatlik nazoratini tizimli yo‘lga qo‘yishni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

O‘z navbatida tuman Kengashi deputatlari ham fikr-mulohazalari, hamkorlik masalasidagi takliflarini bildirdi. Partiyamiz tomonidan yo‘lga qo‘yilgan "markaz-viloyat-tuman" tamoyili asosida ish tashkil etilishi haqidagi so‘z bordi. Aytish kerakki, bu prinsip albatta Saylovoldi dasturida ko‘zda tutilgan masalalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga asos bo‘ladi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Oliy Majlis Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish