Ijtimoiy masala sessiyaga kiritildi

 

Yig‘ilish kun tartibi bo‘yicha tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlari yuzasidan F.Madaminovaning yillik hisoboti tingladi. Keltirilgan ma’lumotlar asosida deputatlar turli savollar bilan murojaat qildi.

Shuningdek, 2025-yilda “Ayollar daftari”ni 6-bosqichda shakllantirish borasida mutasaddi rahbarlar, mahalla raislari, “mahalla yettiligi” va ishtirokchilarning fikr-mulohaza hamda takliflari tinglandi.

Mazkur masala yuzasidan tuman oila va xotin-qizlar bo‘limining tuman faollari va jamoatchilikka Murojaati o‘qib eshittirildi.

Yig‘ilish davomida xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashining takliflari inobatga olinib, xatlov jarayonlarida mahallalarga biriktirilgan tibbiy patronaj xizmati va ijtimoiy himoya agentlarini jalb etish orqali xatlovni yuqori saviyada o‘tkazish belgilandi. Shu bilan birga, jarayonlarga “mahalla yettiligi” hamda mahalla raislarining shaxsan mas’ulligi yana bir bor ta’kidlandi.

Aytish kerakki, tumandagi barcha idora va tashkilotlar rahbarlari, mutasaddilar ishtirok etgan kengaytirilgan Yig‘ilishda ko‘tarilgan masala tuman Kengashining sessiyasiga kiritildi.

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish