Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

 

Xalq deputatlari Chortoq tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurash va sud huquq masalalari hamda Agrar va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Komissiya yig‘ilishida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritilayotgan masalalar muhokama qilindi.

Dastlab Chortoq tuman prokurorining 2024 yil 4-chorak yakuni yuzasidan axboroti va 2025 yilning 1 choragida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan taqdimnomasi ko‘rib chiqildi. Hisobot davridagi ma’lumotlar yuzasidan deputatlar savollar bilan murojaat qildi.

Shuningdek, Norin-Sirdaryo irrigatsiya havza boshqarmasining "Quduqlar joylashgan yer maydonlari toifasini o‘zgartirish" haqidagi murojaati ham muhokama qilindi.

Komissiya yig‘ilishida ko‘rilgan masalalar yuzasidan O‘zbekiston XDP guruhi vakillari o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Savollari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar oldi.

Doimiy komissiya qarori bilan kun tartibidagi masalalar sessiyaga kiritiladigan bo‘ldi.

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish