«Biz zo‘ravonlikka qarshimiz»

 

Bugungi ijtimoiy tarmoqlar insonlar kundalik hayotining oynasiga aylangan. Shundan bo‘lsa kerak, har bir voqeadan xabardorlik darajasi yuqori. Xususan, jamiyatimizda sodir bo‘layotgan turli zo‘ravonlik holatlari aks etgan xabarlar ham tez-tez tarqalmoqda, afsuski. Vaholanki, xalqimiz, ajdodlarimiz hamisha zulmga qarshi bo‘lgan.

O‘zbekiston XDP Denov tuman kengashi ayni shu masalada tadbir tashkil qildi. Tadbirda partiya tashkiloti X.Mirzayev va xalq deputatlari tuman Kengashi partiya guruhi a’zosi A.Xojiqulov «Ozod» mahallasidagi aholi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

«Biz zo‘ravonlikka qarshimiz» mavzusida davra suhbatida mavzuga aloqador masalalar muhokama qilindi. Oilalar, mahallalar hamda turli tashkilotlardan noxush holatlarning oldini olish uchun nimalarga e’tibor qaratish zarurligi haqida so‘z bordi.

Shuningdek, Bosh Qomusimiz hamda qonunlardagi xotin-qizlar huquqlarining kafolatlari, ularni qo‘llab-quvvatlashning huquqiy asoslari xususida to‘xtalib o‘tildi. Bundan tashqari, xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonliklarning oldini olish, tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollarni himoya qilish borasida hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar haqida tavsiyalar berildi.

Davra suhbati savol-javob va bahs-munozaralar ostida qiziqarli o‘tdi. Bildirilgan taklif va fikrlar asosida tavsiyalar ishlab chiqilib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

 

 

 

 

 

← Roʻyxatga qaytish