«Deputat mahallada» loyihasi doirasida

 

Deputat bu xalq ichidan tanlangan va xalq ovozi bilan saylangan hamda ularning nomidan gapiradigan shaxs. Buning uchun esa xalq ichidan oladi, ularning qalbiga quloq tutadi, muammolariga yechim izlaydi.

O‘zbekiston XDP shu maqsadda tashkil etgan loyihalaridan biri esa «Deputat mahallada», deb nomlanadi. Bo‘stonliq tumanida mazkur loyiha tizimli yo‘lga qo‘yilgan. Tuman partiya kengashi hamda deputatlar mahallalarda saylovchilarning holidan xabar olmoqda.

Xususan, tuman partiya kengashi raisi, tuman Kengashi deputati O.Babayev hamda deputatlar S. Madjitov, J.Sadirov bilan birgalikda Soyliq qishlog‘i «Kichiksoy» va «Birlik» mahallalarida bo‘ldi. Odamlarning turmush tarzi bilan tanishib, muammolarini o‘rgandi.

Fuqarolar tomonidan bir nechta murojaatlar bildirildi. Jumladan, oilaviy shifoxona qishloqdan uzoqda joylashgani aholiga noqulaylik tug‘dirayotgani ta’kidlandi. Tibbiyot muassasasini aholiga qulay joyga ko‘chirishda yordam so‘raldi. Shuningdek, ichki ko‘chalarda tungi chiroqlar yo‘qligi va chiqindilarni olib ketish xizmati ishlamayotgani aytildi. Shu kuni mahalla yettiligi faoliyati ham o‘rganildi.

Aniqlangan muammolar deputatlik guruhida muhokama qilinadigan bo‘ldi va mutasaddi tashkilotlarga taqdim etish yuzasidan deputat so‘rovlari yuborilishi belgilab olindi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish