Xalqimiz farovonligi sari tashlanayotgan odim qadamlar
Xalqimiz farovonligi sari tashlanayotgan odim qadamlar

 

Kuni kecha hurmatli Prezidentimizning “O‘zbekiston–2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi doirasida amalga oshiriladigan vazifalar yuzasidan Farmoni loyihasi keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. E’tiborli jihati shundagi davlat dasturi loyihasi Partiyamizning doimiy pozitsiyasiga hamohangligi biz uchun quvonarli hol albatta.

Ushbu farmon bilan 2025-yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar, maqsadli dasturlar, yaqin va uzoq muddatli strategiyalar aniq belgilab berilmoqda.

Meni e’tiborimni tortgan maqsad va vazifalardan biri mazkur farmon loyihasida tejamkor iqtisodiy rivojlanish modeliga o‘tish orqali 2030-yilgacha yalpi ichki mahsulotning yillik o‘sishini kamida 6 foiz va uning hajmini 200 milliard dollarga yetkazish, inflatsiyani 5 foiz, budjet taqchilligini yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3 foiz darajasida saqlash orqali yurtimizda kambag‘allar sonini yanada qisqartirish va aholi farovonligini oshirish ustuvor vazifa qilib belgilanganligi alohida ahamiyatlidir.

Bundan tashqari aholini qulay va zamonaviy uy-joylar bilan ta’minlash, qayta tiklanuvchi muqobil energiyadan samarali foydalanish borasida xam qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa ushbu farmonda 2025-yilda yangi quriladigan bino-inshootlar va uy-joylarga energiya samaradorligidan kelib chiqib, “Yashil bino” sertifikati joriy etilishi belgilanmoqda.

Shuningdek tadbirkorlikni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2025-yil 1-sentabrdan boshlab tadbirkorlik subyektlarini “yashil tadbirkor” sifatida e’tirof etish yuzasidan alohida platforma ishga tushirilishi va ushbu platforma orqali dasturda belgilangan vazifalarni amalga tatbiq etgan tadbirkorlik subyektlariga esa “yashil tadbirkor” maqomini berilishi, shu bilan birga “yashil tadbirkor” maqomini olgan tadbirkorlik subyektlariga qator imtiyozlar berilmoqda.

Masalan, “Shaffof qurilish” platformasida ustuvorlik berish, muayyan muddat davomida ekologik tekshiruvlardan ozod etish, xalqaro bozorlarga chiqish uchun qo‘llab-quvvatlash hamda tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi doirasida qo‘shimcha ballar berish. Bu islohotlar natijasida Men aniq ayta olamanki, qaysi sohada bo‘lmasin faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarimizni ko‘chiga-kuch, g‘ayratiga g‘ayrat qo‘shadi.

 

Shokirjon AHMEDOV,

Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati,

XDP fraksiyasi a’zosi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Oliy Majlis Partiya munosabati Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish