Deputatlar aholi murojaatlarini hal etmoqda

 

Deputatning xalqqa yaqin bo‘lishi, saylovchilarning turmush tarzidan xabardorligi jamiyatdagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, vaziyatga to‘g‘ri baho berish va masalaga yechim topishning eng samarali yo‘li hisoblanadi. O‘zbekiston XDPdan saylangan deputatlar bu boradagi qator loyihalarni amalga oshirib kelyapti.

Xususan, O‘zbekiston XDP Toshkent viloyati kengashi Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Doniyor Karimov Sharof Rashidov va Ahmad Yassaviy MFYlarida bo‘lib, aholining murojaatlarini o‘rgandi. Deputatga ko‘p qavatli uylarda isitish tizimi ishlamayotgani, hovli uylarni oldidan chiqindilar olib ketilmayotgani to‘g‘risida murojaatlar bo‘lgan edi.

Deputat D.Karimov mutasaddi tashkilot xodimlari va mahalla faollari bilan birgalikda muammolarni joyida o‘rganib, issiqlik manbai tashkiloti xodimlariga issiqlik tizimi bo‘yicha muammoni bartaraf etish va ko‘p qavatli uylar yerto‘lasidagi nasoslarni sozlash bo‘yicha vazifa yuklatildi. Shuningdek, hovli uylar oldidan chiqindilar olib ketilmayotgani to‘g‘risida mutasaddi tashkilotga deputatlik so‘rovi chiqarildi.

Deputat D.Karimov Mahalla yettiligining ish faoliyati bilan ham tanishib chiqdi, 2024 yil davomida "Ayollar daftari"ga kiritilgan fuqarolar bilan olib borilgan ishlar holatini o‘rgandi. O‘tgan yil davomida “Ayollar daftari” ga kiritilganlardan 85 nafar ayollarga ko‘mak berilgan bo‘lib, ishsiz xotin-qizlar mahalla yo‘llanmasi bilan kasb-hunarga o‘qitilgan. Bandligi ta’minlangan.

Deputatlar aholi murojaatlarini o‘rganib, ularga yechim topishda davom etmoqda.

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish