Toshkent viloyatida yana bir murojaat yechim topdi
Toshkent viloyatida yana bir murojaat yechim topdi

 

Inson hech bir eshikni sababsiz taqillatmaydi. Ayniqsa, andishasi yuqori bo‘lgan xalqimiz uydagi gapni ko‘chaga chiqarmaslikka, sabrga o‘rgangan. Ammo ba’zi holatlar borki, kimning eshigini taqillatishga, arz qilishga undaydi. Zangiota tumanidagi «Shodlik» mahallasida yashovchi fuqarolar ham hayotiy zarurat sabab deputatga murojaat qildi.

Gap shundaki, xalq deputatlari Zangiota tuman Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhi a’zosi Murod Qoraxo‘jayevga «Shodlik» MFY «Navro‘z» ko‘chasi fuqarolaridan ichimlik suvi muammo bo‘layotganligi to‘g‘risida murojaat qilingan edi. Ushbu murojaat bo‘yicha deputat mahalla faollari hamda raisi bilan birgalikda holatni o‘rganib chiqdi.

Olingan ma’lumotlar asosida holat yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga murojaat qilindi va deputatlik so‘rovi yuborildi. Murojaat o‘z yechimini topdi va «Navro‘z» ko‘chasini 24 ta xonadoniga suv quvurlari o‘tkazilish ishlari boshlab yuborildi.

Partiyamiz deputati ish jarayonini nazorat qilib boryapti.

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish