Har bir siyosiy partiya o‘z elektorati vakillari manfaatini samarali himoya etishi uchun, avvalo, ularni tashvishga solayotgan masalalarni chuqur o‘rganishi kerak. Siyosiy partiyaning elektorat bilan aloqalari, uning muammolarini o‘rganish yo‘llari turlicha bo‘lishi mumkin. Bu borada O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi o‘ziga xos tajribaga ega. 2005-yildan buyon partiya kengashlari qoshida Jamoatchilik qabulxonalari faoliyat yuritib kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida ular орқали elektoratni tashvishga solayotgan muammolarni o‘rganish hamda hal etish bo‘yicha katta tajriba to‘pladi.
Ma’lumki, hech kim qabulxonaga sababsiz kelmaydi. Har bir murojaat ortida kimningdir yoki ko‘pchilikning muammosi yotadi. Ba’zida esa odamlar e’tiborsiz va rasmiyatchilikka duch kelib, partiyaning Jamoatchilik qabulxonalariga murojaat qiladi. Demak, tushayotgan hech bir murojaat e’tibordan chetda қолмаслиги kerak.
Tahlillarga e’tibor beradigan bo‘lsak, qabulxonalar faoliyatining izchil tashkil etilishi natijasida murojaatlar soni sezilarli darajada ko‘paydi. Misol uchun, 2024-yilda partiya mahalliy kengashlariga murojaat qilgan fuqarolar soni 9139 nafarni tashkil etgan.
Murojaatlarning 1151 tasi ish bilan ta’minlash, 1347 tasi uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish, 1370 tasi ijtimoiy masalalar va соғлиқни saqlash, 104 tasi xalq ta’limi sohasida duch kelinayotgan muammolar, шунингдек, 2200 dan ortig‘i moddiy yordam to‘g‘risida, 557 tasi kredit olish masalalari bilan bog‘liq bo‘lib, ularning 88 foizdan ortig‘i o‘z ijobiy yechimini topgan.
Ayrimlariga yuridik maslahatlar berilgan bo‘lsa, qolganlari nazoratga olingan. Bir so‘z bilan aytganda ulardan birortasi ham e’tiborsiz qolmagan. Ayniqsa, O‘zbekiston XDP Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Jizzax viloyat kengashlari huzuridagi Jamoatchilik qabulxonalari faoliyati namunali tashkil etilgan.
Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, Jamoatchilik qabulxonalariga tushgan murojaatlarning aksariyati kommunal soha, bandlik masalasi, ish haqi, nafaqa va pensiyalarni vaqtida olish kabi ijtimoiy sohalarga to‘g‘ri keladi.
Aytish lozimki, Jamoatchilik qabulxonalariga tushgan murojaatlar tahlili viloyatlarda qaysi yo‘nalishlarda muammolar borligi, nimalarga ko‘proq e’tibor qaratish lozimligini ko‘rsatib turibdi. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya guruhlari a’zolari doimiy komissiya va сессиялар muhokamasiga masala kiritishida aynan Jamoatchilik qabulxonalariga tushayotgan murojaatlar tahlili muhim o‘rin tutadi.
Bugungi kunda Jamoatchilik qabulxonalari faoliyatini yanada kuchaytirish, ularni zamon talabi darajasida shakllantirish zarur. Bu O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi g‘oyalariga xayrixoh bo‘lgan kishilar ishonchini oshirishga, elektorat muammolarining e’tiborsiz qolmasligiga, siyosiy partiyaning jamiyatdagi mavqeini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Baxodirxon KAMOLOV,
O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi sho’ba mudiri.