Toshkent viloyatida Davlat dasturiga takliflar berildi
Toshkent viloyatida Davlat dasturiga takliflar berildi

 

O‘zbekiston XDP Toshkent viloyat kengashi tomonidan jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini 2025-yil “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasi mazmun-mohiyati ko‘rib chiqildi. Qayd etildiki, loyihada mamlakatimiz taraqqiyotini mustahkamlash, aholi farovonligini yuksaltirishga qaratilgan muhim maqsad va vazifalar o‘rin olgan. Xususan, unda belgilangan vazifalar partiyamiz maqsad-g‘oyalariga uyg‘un va hamohangdir.

Shuningdek, mamlakatimiz taraqqiyotini mustahkamlash va xalqimizning turmush farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Galdagi vazifa esa ularni chuqur o‘rganish, deputatlar va partiya faollarining fikr-mulohazalari hamda takliflarini o‘rganishdan iborat.

Dastur loyihasi muhokama qilinar ekan, bir qator takliflar ham bildirildi. Misol uchun, viloyat partiya kengashi bo‘limi boshlig‘i M.Ergasheva Davlat dasturi loyihasi yuzasidan fikr mulohazalarini o‘rtaga tashladi. Unga ko‘ra, umumta’lim maktablarida jismoniy mehnat qurollari bilan ham ta’minlash va texnologiya darslarida kasb-hunar o‘rganishlari bilan bir qatorda jismoniy mehnat soatlarini ham tadbiq qilishga mumkin. O‘quvchilar atrof-muhitni toza tutish, tabiatni asrashni o‘rganishlari zarurligi, shuningdek, nodavlat muassasalarini tugatgan bitiruvchilarni ta’limga psixologik suhbat va test sinovlaridan o‘tkazgan holda ishga olish taklifini berdi.

Tadbir davomida yana qator takliflar muhokama qilindi. O‘zbekiston XDP Toshkent viloyati bo‘yicha berilgan takliflar umumlashtirib shakllantirildi.

 

 

 

 

 

Teglar

Davlat dasturiga takliflar
← Roʻyxatga qaytish