Inklyuziv ta’limni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, inklyuziv ta’limga jalb etilgan bolalar qamrovini oshirish. Bu O‘zbekiston XDP Saylovoldi dasturida belgilangan vazifalardan biri. Ya’ni, bolalarning ta’limga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qamrab olish va buning uchun imkoniyat yaratishdan kerak, degan tashabbus ilgari surilgan. Partiya faollari hamda deputatlar joylarda bu boradagi holatni o‘rganib, tushuntirish ishlarini olib bormoqda.
Xususan, Kogon tuman 12-umumiy o‘rta ta’lim maktabida inklyuziv ta’lim borasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi. O‘rganishda Kogon tuman Kengashidagi partiya guruhi a’zosi, deputat S.Sharipova maktab direktori F.Najmidinov, MMIBDO‘ o‘qituvchisi X.Norova, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi M.Niyozova bilan birgalikda tahlil o‘tkazdi.
Ya’ni, mas’ullar ushbu maktabdagi inklyuziv ta’limga jalb qilingan 1-sinf o‘quvchisi Shukrona Rajabboyeva hamda uning ota-onasi bilan sahbatlashdi. Natijada dars jarayonlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgani aniqlandi. O‘quvchining onasiga kerakli maslahat va tavsiyalar berildi.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash mumkinki, qabul qilingan qonun ta’lim-tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarni singdirish prinsipi kiritilmoqda. Shu bilan birga, O‘zbekistondagi hech bir bola davlatimizning nazaridan chetda qolmaganligining isbotidir.