XDP deputatlari murojaatlar bilan ishlashda faol
XDP deputatlari murojaatlar bilan ishlashda faol

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining ko‘plab loyihalari bor. Ular orasida eng samarali va xalqqa yaqinlaridan biri "Deputat mahallada" loyihasi sanaladi. Bu tashabbus doirasida deputatlar aholi ichida ko‘proq bo‘lib, ularning kundalik turmush tarziga yanada yaqinlashadi.

Qashqadaryolik deputatlar ham bu masalada ancha faol. Xususan, xalq deputatlari Kasbi tuman Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhi a’zosi, 4-G‘alaba saylov okrugidan saylangan deputat Boynazar Boboqulov saylovchilar bilan suhbat olib bordi. Muloqot davomida 4 nafar fuqarodan murojaat. Aytilgan masalalar bilan yaqindan tanishib chiqqan deputat ularga yechim topish uchun harakat qildi. Natijada murojaatlarning 3 tasi joyida hal etildi.

Vaqt bilan bog‘liq masala yuzasidan deputat so‘rovi yuboradigan bo‘ldi. Murojaatga ko‘ra Qarshi-Kasbi avtoyo‘l chorrahasidagi svetofor ishlamay qolgan. Bu esa odamlar, ayniqsa, bolalar hayotiga xavf solib, ushbu chorrahadagi tartibsizlikka sabab bo‘lmoqda. Deputat ushbu masalani hal etish uchun tumandagi tegishli tashkilot rahbarlariga “Deputat so‘rovi” bilan chiqishni o‘z nazoratiga oldi.

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish