Murojaatlar deputat e’tiboridan chetda qolmadi

 

Saylovchilar bilan uchrashish, ular bilan muloqot o‘tkazish, turmush tarzini o‘rganish, umuman, berilgan va’dalarni bajarish deputatning bevosita vazifasi sanaladi. Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston XDP deputatlari aholi vakillari bilan muloqotlarni tizimli ravishda yo‘lga qo‘ydi.

Jumladan, xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi hamda Sardoba tuman Kengashidagi partiya guruhi a’zolari A.Raxmonov, Q.O‘tayev, A.Egamberdiyev Sardobada saylovchilarning so‘zlariga quloq tutdi. «Zomin» va «Bo‘ston» mahallalardagi muammolarni hal etishda deputatlar qonuniy huquq hamda vakolatlaridan foydalandi. Shuningdek, «mahalla yettiligi» a’zolari bilan birgalikda aholining murojaatlari tinglandi.

Shu bilan birga, «Paxtakor», «Birlashgan» mahallalardagi saylovchilar bilan ham muloqot o‘tkazildi. Har bir murojaat yozib olinib, tegishliligicha mas’ullarga taqdim etildi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish