Tanqidiy tahlil bilan yangi rejalar tasdiqlandi

 

O‘zbekiston XDP Namangan viloyati kengashining II-plenumi bo‘lib o‘tdi. Uda 6 ta masala yuzasidan hisobotlar ko‘rib chiqildi.

Dastlab Namangan viloyat partiya kengashi ijroiya qo‘mitasining 2024-yildagi faoliyati yuzasidan hisoboti tinglandi. Boy berilgan kamchiliklar, erishilgan natijalar muhokama qilindi.

Shuningdek, xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhining o‘tgan yili amalga oshirgan ishlari, sessiyalarga kiritilgan masalalar, yuborilgan deputatlik so‘rovlari ko‘rib chiqildi.

Plenum kun tartibidan o‘rin olgan navbatdagi masala Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga bo‘lib o‘tgan saylov natijalariga qaratildi. Yig‘ilish ishtirokchilari partiya Saylovoldi dasturining maqsad va ustuvorliklarini amalga oshirishda partiya tashkilotlari hamda deputatlik birlashmalarining 2024-2029-yillarga mo‘ljallangan Harakat dasturi asosida chora-tadbirlarini ham belgilab oldi.

Plenum ishida partiya faoliyatiga oid boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi. Faollar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, qarorlar qabul qildi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Plenum
← Roʻyxatga qaytish