Deputatlar ularni saylagan xalqning qonuniy vakillari hisoblanadi. Shu bois deputatlarning kundalik professional faoliyati bevosita ular elektoratining dardi va muammolarini hal qilish bilan bog‘liq bo‘lishi darkor. Bunda har bir deputat o‘z saylovchilari bilan tizimli ravishda uchrashuvlar o‘tkazishi, muammolarini tinglashi va hal qilish uchun barcha resurslarni safarbar etishi kerak.
O‘zbekiston XDP saylangan bu borada nimalar bilan band? Hududlarda saylovchilarni qaysi muammolar qiynaqoqda qanday masalalrni o‘rganib mutasadi tashkilotlar oldiga masala qo‘yib ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati olib bormoqda degan masala bilan deputatlarga yuzlandik.
Qashqadaryo viloyat Kengashidagi partiya guruhi tashabusi bilan Prezidentimizning “Ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosiga tegishli masala sessiyasiga masala kiritildi. Qaror ijrosi yuzasidan viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i R.Shaymardonovning hisoboti tinglandi.
Shuningdek, deputatlar viloyatdagi ko‘p xonadonli uy-joy fondini boshqarish, ularda istiqomat qiluvchi aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun munosib shart-sharoit yaratish, uy-joy fondini, unga tutash hududlarni saqlash va undan foydalanish qoidalariga rioya etish, ko‘chmas mulk egalarining binolarni o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirishiga yo‘l qo‘ymaslik, umumiy foydalaniladigan joylar, fasadlar, uylarning ichki muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini ta’mirlash-tiklash ishlarini to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha sohada amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud kamchiliklar, ularni bartaraf etish choralar ko‘rilish zarurligini bildirib o‘tdi.
Muhokamalar yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashi sessiya qarori qabul qilindi.
Jumladan, ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, boshqaruv organlarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash hamda ko‘p kvartirali uy-joylarning umumiy mol-mulkini saqlash, undan samarali foydalanish va uni ta’mirlash, ularga tutash yer uchastkasini obodonlashtirish ishlarining izchil amalga oshirilishini ta’minlash belgilandi.
Shuningdek, boshqaruvchi tashkilotga yuklangan vazifalarning bajarilishini har oyda o‘rganib, muhokama qilib borish va mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha zaruriy choralar ko‘rish qayd etildi. Buning uchun 2024 yilgi ijrosi ta’minlanmagan maqsadli ko‘rsatkichlarning sabablarini chuqur o‘rganish va uni 2025-yilda bartaraf etish choralarini ko‘rish talab etiladi.
Sessiya qarori bilan ijtimoiy va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohalarida hamda iqtisodiyot tarmoqlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish, energiya samaradorligini oshirish orqali viloyat hududlarida energiya taqchilligi qoplanishini ta’minlash, bu boradagi ishlarni kompleks tashkil etish va boshqa qator vazifalar yuklatildi.
Deputatlar tomonidan o‘rganilgan har bir masala ortida saylovchi manfaati bor. Shu ma’noda aytish kerakki, sessiyalarga kiritilgan masala muhim sanaladi. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi dasturiy g‘oyalariga hamohang bo‘lgan turli masalalarning muhokamasi va muammolar yechimiga qaratilgan qarorlar esa doimiy deputatlak nazorati o‘rnatishni talab etadi. Bu borada partiyamizdan saylangan deputatlar faollikni qo‘liga olishiga, ishonamiz.
Olimov Jahongir,
O‘zXDP Markaziy Kengashi bo‘lim boshlig‘i