Xalq deputatlari Kasbi tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalasi hamda Mahalliy budjetni shakllantirish, tadbirkorlik, iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalarining O‘zbekiston XDP guruhining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yig‘ilishda tuman adliya bo‘limi, Xalq qabulxonasi, MIB va DSI tuman bo‘limlari rahbarlarining 2024 yil davomida aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlashga oid masala ko‘rildi. Shuningdek, norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyotidagi ishlar, MIB bo‘limining bir yillik faoliyati natijadorligi muhokama qilindi. Tuman sog‘liq inspeksiyasi tomonidan 2024 yilda belgilangan yuridik shaxslardan olinadigan soliq va majburiy to‘lovlar prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishi yakunlariga oid dolzarb masalalar ham atroflicha ko‘rib chiqildi.
Kun tartibidagi har bir masala yuzasidan tegishli tashkilotlar rahbarlarining hisobot va axborotlari eshitildi.
Ta’kidlandiki, hali bajarilishi zarur bo‘lgan vazifalar ko‘p. Ijroiya organlar rahbar va mas’ullari o‘z sohalarida fidoyi, vatanparvar bo‘lishi, xalqimizni rozi qilish uchun mas’uliyat bilan ishlash lozim.
Yig‘ilishda deputatlar ko‘rilgan masalalar bo‘yicha o‘zlarining taklif va mulohazalarini bildirib o‘tdi. Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga yuqoridagi dolzarb masalalarni kiritish taklifi ilgari surildi. Buning uchun zarur chora-tadbirlar belgilab olish to‘g‘risida tegishli qarorlar qabul qilindi.