O‘zbekiston XDP ijtimoiy himoya, ijtimoiy tenglik va xalq hokimiyatchiligi tamoyillarini o‘zining g‘oya va maqsadlari, tamoyillari bilan amalga oshirib kelmoqda.
Partiya g‘oya va maqsadlarini amalga oshirishda deputatlar tomonidan joylarda uchrashuvlar, tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri Shovot tuman 1-son kasb-hunar maktabida bo‘lib o‘tdi. Xalq deputatlari tuman Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhi a’zosi Oyimjon Yo‘ldoshova tomonidan “Safimizdagi yoshlar” loyihasi doirasida tadbir tashkil etildi. Unda yoshlarning siyosiy, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, siyosiy jarayonlarga faol jalb qilish masalalarida so‘z bordi.
Tadbirda deputat loyiha bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib bordi. Yoshlar kelajagimiz ekani, ularni partiya safiga qabul qilish esa yoshlarning maqsadlarini qo‘llab-quvvatlashga yanada kengroq zamin yaratishi xususida fikr-mulohazalar bildirildi.