Qashqadaryoda bir yillik faoliyat tahlil etildi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qashqadaryo viloyat Kengashining 2024-yil yakuniga bag‘ishlangan plenum bo‘lib o‘tdi. Viloyat, tuman va shahar partiya kengashlari mas’ullari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya guruhlari rahbarlari, saylanma organlar a’zolari hamda yirik boshlang‘ich partiya tashkilotlari raislari ishtirok etdi.

Plenumni O‘zbekiston XDP viloyat kengashi raisi, xalq deputatlari viloyat Kengashidagi partiya guruhi rahbari Olim Ravshanov olib bordi. Plenumda viloyat partiya kengashi ijroiya qo‘mitasining 2024-yildagi faoliyati haqidagi hisobot hamda xalq deputatlari viloyat Kengashidagi partiya guruhining 2024-yildagi axboroti eshitildi.

Qayd etildiki, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining saylovoldi dasturining maqsad va ustuvorliklarini amalga oshirishda viloyat partiya tashkilotlari hamda deputatlik guruhlarining 2024-yilga mo‘ljallangan amaliy Harakat dasturida 68 ta masalani ko‘rib chiqish rejalashtirilgan. Bir yil davomida 79 masala partiya guruhlarida, 79 masala doimiy komissiyalarda hamda shundan 54 masala sessiyalarda ko‘rilgan.

Shu bilan birga, 2025-yil uchun hamda o‘rta muddatli istiqbolga mo‘ljallangan vazifalarni belgilash va yana boshqa qator masalalar ko‘rib chiqildi.

 

 

 

 

 

Teglar

Plenum
← Roʻyxatga qaytish