Xotin-qizlarning huquqiy bilimlarini oshirish e’tibor markazida

 

Ayol bir qo‘li bilan beshikni, bir qo‘li bilan dunyoni tebratadi, deyishadi. Aslida ham, ayol bu ona. Ona esa bu dunyoning davomchilarini dunyoga keltiruvchi, tarbiyalovchi zotdir. Shuning uchun ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish muhim sanaladi.

Shu ma’noda O‘zbekiston XDP Xonqa tuman kengashi tomonidan tuman Axborot kutubxona markazida “Xotin-qizlarning huquqiy bilimlarini oshirish oyligi” loyihasi doirasida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston XDP Xonqa tuman kengashi raisi, tuman Kengashidagi partiya guruhi a’zosi Feruz Vaisov, tuman partiya Kengashi ijrochi kotibi Bekchanboy Mahmudov va yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini mustahkamlash, faolligini oshirish, keng sharoit-imtiyozlar yaratib borasidagi islohotlar xususida so‘z bordi. Bularning barchasi davlatimizning ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangani, qolaversa, xotin-qizlar har bir sohada faol faoliyat olib borayotgani ta’kidlandi.

Tadbirda tuman Axborot kutubxona markazi direktori, partiya faoli Xadicha Avezova so‘zga chiqib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Tadbir davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi.

 

 

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish