Murojaat yechimi saylovchilarga yengillik beradi

 

Xalq bilan muloqot davlatimiz siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Har bir soha mutasaddisi, xalq vakillari doimiy ravishda aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazib, muloqotlar tashkil qilib kelmoqda. Maqsad fuqarolar murojaatlarini tinglash, ularning muammolari, dard-u tashvishlarini o‘rganish va vakolati doirasida hal etish chorasini ko‘rishdan iborat.

Shu maqsadda Termizda ham uchrashuv o‘tkazildi. Ya’ni, O‘zbekiston XDP Termiz tuman kengashi raisi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Shafoatova "Yangihayot" MFY jamoatchilik nazorati a’zolari bilan birgalik tadbir tashkil qildi. “Deputat mahallada” loyihasi doirasida mahalla fuqarolarining murojaatlari tinglandi.

Deputat va mahalla faollari aholi murojaatidan kelib chiqib, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni joyiga borib o‘rgandi. Shuningdek, o‘rganishlar asosida aholi ko‘targan masalaga nisbatan tuman elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘ining javobi eshitildi.

Barcha ma’lumotlar ko‘rib chiqilib, mas’ullarga deputat so‘rovi chiqarildi. Aniqlangan muammolar yuzasidan deputatlik nazorati o‘rnatildi.

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish