Xotin-qizlar masalasi deputat e’tiborida

 

Xalq deputatlari Xiva shahar Kengashiga O‘zbekiston XDPdan saylangan deputat N.Karimboyeva xotin-qizlar masalasiga hamisha ustuvor vazifa sifatida qaraydi. Ular bilan muloqotlar o‘tkazib, og‘irini yengil qilishga intiladi. Bu galgi uchrashuv “Yangi turmush” mahallasida xotin-qizlar vakillari bilan o‘tkazildi. Muloqotda ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonliklarning oldini olish masalasida so‘z bordi.

Ochiq va samimiy muloqot tarzda olib borilgan uchrashuvda xotin-qizlarga deputat oilada tinchlikni saqlash, oilalarni mustahkamligini ta’minlash borasida fikr-mulohazalarini bildirdi. Turli xil ziddiyatlar kelib chiqishining oldini olish va go‘zal ma’naviy muhitni yaratish uchun avvalo xotin-qizlar to‘g‘ri tarbiya olishi, ilm va hunar o‘rganishi, siyosiy hamda huquqiy bilimlarga ega bo‘lishi borasida tushuntirishlar berildi.

Ochiq muloqot davomida xotin-qizlar bugungi kunda o‘zlarini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan ham murojaat qildi. Har bir masala tegishli tartibda hal etilishi ta’kidlandi.

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish