Yil sarhisobiga bag‘ishlangan plenum

 

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Navoiy viloyat Kengashining plenumi bo‘lib o‘tdi.

Plenumda Kengash a’zolari, partiya guruhi rahbarlari, deputatlar va faollar ishtirok etdi.

Yig‘ilishda dastlabki masala Navoiy viloyat kengashi raisi lavozimiga nomzodni tasdiqlash bo‘ldi. Baxtiyor Toshevning nomzodi ilgari surilib, bir ovozdan ma’qullangach, kengash raisi tomonidan 2024-yil yakunlari, o‘tgan yil davomida amalga oshirilgan faoliyat tahlil etildi.

Shuningdek, 2024-yil 27-oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik Palatasiga, mahalliy kengashlarga bo‘lib o‘tgan saylovlar va uning natijalari bo‘yicha so‘z yuritildi. Yangi saylangan deputatlar bilan hamkorlikdagi faoliyatni izchillashtirishga oid takliflar bildirildi.

O‘zbekiston XDP Navoiy viloyat Faxriylar kengashi raisi R.Rustamov o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan faoliyat xususida to‘xtalib, kelgusidagi vazifalar yuzasidan ham o‘z taklif va fikrlarini bildirdi.

Plenumda viloyat partiya kengashi raisi o‘rinbosari lavozimiga L.Ne’matova nomzodi ilgari surildi va ma’qullandi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

 

 

 

 

Teglar

Plenum
← Roʻyxatga qaytish