Quyi palata deputatlari okrugda
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi, Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi Sharofiddin Nazarov Koson tumanidagi saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Xususan, "Nartibaladn","Nartichuqur", "Navbahor" hamda "Xalqobod","Gulbog‘", "Shirintepa" mahalla fuqarolar yig‘inlarida yashovchi aholi vakillari bilan muloqot qildi.
Uchrashuvda dastlab deputat parlamentda ko‘rib chiqilayotgan hamda qabul qilinayotgan qonunlarning mazmun-mohiyatini saylovchilarga tushuntirib berdi.
Shundan so‘ng aholini tashvishga solayotgan masalalar tinglandi. Fuqarolarning murojaatlari yozib olindi va tegishli tartibda hal etish belgilandi.