Chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik

 

O‘zbekiston XDP Paxtaobod tuman kengashi raisi X.Sotvoldiyev tashabbusi bilan tuman poliklinikasida "Salomatlik aksiyasi" tashkil etildi. Unda "Bobur", "Xabibiy", "Shomat" va "Yuqori" mahalla fuqarolar yig‘inlarida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalar ishtirok etdi. Aholi vakillari tor doira mutaxassislari tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Aksiyada viloyatdan 10 dan ortiq shifokorlar ya’ni, nevropatolog, ginekolog, gematolog kabi mutaxassislar UZT apparatlari bilan kelib, bepul ko‘rikni amalga oshirdi.

Shifokorlar sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi masalalar, xususan, to‘g‘ri ovqatlanish tartibi yuzasidan ishtirokchilar tushunchalar berdi. Aksiyada 70 nafardan ortiq xotin-qiz qatnashib, kerakli maslahat va ko‘rsatmalar oldi.

 

 

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish