Deputat kichik suv kanalini ta’mirlash bo‘yicha murojaatni tez orada hal qilishga va’da berdi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylangan deputat Imomnazar Tursunov aholi muammolarini o‘rganish maqsadida joriy Xorazm viloyatida bo‘lib, fuqarolar bilan uchrashdi.

Deputat dastlab viloyatdagi shahar va tuman kengashi raislari, mahalliy Kengashlardagi partiya guruhi a’zolari faoliyati bilan tanishdi. Partiyaning Harakat dasturi bo‘yicha belgilangan masalalarning joylarda ijrosini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘zdan kechirdi. Mahalliy Kengash deputatlarining amalga oshirgan ishlari bilan tanishib, ish faoliyatida yuqori samaradorlikka erishish bo‘yicha o‘z takliflarini berib o‘tdi.

Shuningdek, parlament a’zosi Xiva tumani Shayx Najmiddin Kubro mahallasida joylashgan 39-son umumiy o‘rta maktabida bo‘lib, Hazrat Hayit Eshon, Shayx Najmiddin Kubro, Kattabosh mahallalaridan kelgan fuqarolar bilan uchrashdi. Muloqotda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari faoliyati, xususan, qonunchilikdagi o‘zgartish va yangiliklar haqida axborot berildi.

Amalga oshirilayotgan faoliyatga oid suhbatdan so‘ng, murojaatlar tinglandi. Xususan, O‘zbekiston XDP Xorazm viloyat kengashi raisi Raimbergan Yusupov Partiyaning Saylovoldi dasturida nazarda tutilgan pensiya yoshini saqlab qolish, qurilish va tibbiyot sohalarida sifatli xizmatlar ko‘rsatish, nogironlarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida ularga zarur bo‘ladigan protez ortopediya mahsulotlari bilan to‘liq ta’minlash, deputatlarning nazorat funksiyalari bo‘yicha axborot berdi.

Shu bilan birga, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolariga e’tibor qaratdi. Fuqarolar esa aholi xonadonlarida o‘zlari ekkan daraxtlarni tegishli tashkilotlardan ruxsatsiz kesilishi natijasida javobgarlik belgilangani, shu mahallalardan Zirriyot kichik suv kanalini ta’mirlash bo‘yicha murojaatlar qildi. Ishchi guruh a’zolari ularning yechimi bo‘yicha takliflarini bildirdi.

Deputat aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash maqsadida qurilayotgan ko‘p qavatli uy-joylarni o‘rganish maqsadida Urganch shahridagi qurilishi tugallanmagan binolardagi vaziyatni o‘rgandi. Shundan keyin Urganch shahridagi “Hamjihatlik” mahalla fuqarolar yig‘ini binosiga borib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha yaqindan tanishdi. Ushbu manzildagi profilaktika inspektori va mahallaning faol ayoli ish faoliyati yuzasidan suhbatlar o‘tkazildi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish