XDP faollari hududlarda:
Pensiya ta’minotiga doir ma’lum bir e’tirozlar bo‘ldi...
XDP faollari hududlarda:<br>Pensiya ta’minotiga doir ma’lum bir e’tirozlar bo‘ldi...

 

Yaxshi o‘zgarishlar haqida uzoq gapirish mumkin. Hayotning talabi esa o‘z ustimizda ishlash, muammoli holatlarni hal etishdan, ishimizni yangi darajaga ko‘tarishdan iborat.

Joylarda odamlar bugun partiyalarni yaxshi taniydi, har birining maqsad-vazifasini yaxshi biladi, deb aytolmaymiz. Hozir hayot balandparvoz gaplarni qabul qilmaydi. Quruq raqamlar bilan faqat o‘zimiznigina aldashimiz mumkin. Qachonki, har bir hudud va sohadagi real manzara, asl holat o‘rganilib, muammo yuzaga chiqsagina mutasaddi tashkilotlarning mas’uliyati, hisobdorligi ham oshadi. Shu maqsadda ishchi guruhimiz Buxoro viloyatining barcha tumanlarida nazorat-tahlil ishlarini olib bordi.

2025-yilning 1-yanvar holatida viloyatda 260 590 nafar pensiya oluvchi sifatida budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limlarida hisobda turadi. Ularning 213 128 nafari yoshga doir pensiya, 35 439 nafari nogironlik pensiyasi, 12 023 nafari boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasini oladi. Viloyatda pensiya oluvchilarga jami 81 nafar xodim xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

O‘rganishlar davomida yechimini kutayotgan bir qator dolzarb muammolar aniqlandi. 2024 yil davomida 648 ta holatda 958,9 mln. so‘mlik qonun va tartib buzilish holatlari aniqlangan bo‘lib, hozirda undirish ishlari amalga oshirilib kelinmoqda. Bundan tashqari, 32 holatda 44,8 mln so‘mlik o‘zlashtirish holatlariga huquqiy baho berish yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari ish olib bormoqda.

 

Mavjuda Hasanova,

O‘zXDP Markaziy Kengashi boshqarma boshlig‘i.

«O‘zbekiston ovozi», 29.1.2025, №4

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Partiya munosabati
← Roʻyxatga qaytish