Qarshida sayyor qabul: fuqarolar muammolariga amaliy yechim izlandi
Joriy yilning 28-yanvar kuni O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Qarshi shahar bo‘limi boshlig‘i N. Xonqulova tomonidan "Mahallot" mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi bilan sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida aholi tomonidan ichki yo‘llar ta’miri, ta’lim, kredit va bandlikni ta’minlashga doir masalalar ko‘tarildi. Murojaatlar mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida joyida o‘rganilib, ularning amaliy yechimi bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Bunday uchrashuvlar mahallalarda muammolarni aniqlash va ularni hal etish choralarini ko‘rishga xizmat qilmoqda.