Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasining ish rejasida belgilangan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorning To‘rtko‘l tumanidagi ijrosini o‘rganish yakunlariga bag‘ishlangan qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni O‘zbekiston XDP Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi partiya fraksiyasi rahbari Xalilla Yeshimbetov ochdi va olib bordi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan Xalq deputatlari To‘rtko‘l tuman Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhi rahbari Romanberdi Abdullayev so‘zga chiqib, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturining tumandagi ijrosi bo‘yicha ma’lumot berdi.
Xususan, To‘rtko‘l tumanida og‘ir toifadagi mahallalar bo‘yicha ro‘yxati hamda ularning infratuzilmasini yaxshilash dasturi tasdiqlanib “Bazirgan”, “Kumbosgan”,“Nurata”, “Yonboshqal’a”, “Ko‘kcha”, “Atauba”, “Oqboshli” mahallalar og‘ir toifaga kiritilgan. Bunda jami 35 km ariqni betonlash rejalashtirilgan hamda moliyalashtirish ishlari boshlangan.
To‘rtko‘l tumanida o‘tgan 2024 yil davomida jami 55,1 mlrd so‘m imtiyozli kreditlar ajratilgan. Shundan Prezident qarori bo‘yicha “kichik biznes subyektlariga” 212 ta tadbirkor 22,5 mlrd so‘m, “Biznesga birinchi qadam” dasturidan 372 nafar fuqarolarga 2,2 mlrd so‘m, “Oilaviy tadbirkorlik” dasturidan 1 961 nafar fuqarolarga 30,4 mlrd so‘m ajratildi. Imtiyozli kreditlar hisobidan tumanda 2 545 ta yangi ish o‘rni yaratishga erishildi.
Muhokamada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi a’zolari S.Gichgeldiyeva, Z.Abdullayeva va Xalq deputatlari To‘rtko‘l tuman Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhi a’zolari so‘zga chiqib, o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirishdi va tegishli qaror qabul qilindi.