Deputat ko‘magida Parkent tumanida 250 ta xonadonda tabiiy gaz quvurlari yangilandi va gaz bilan ta’minlandi

 

O‘zbekiston XDPdan saylangan deputatlar joylarda aholi murojaatlari bilan ishlab, ularning yechimiga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.

Xususan, xalq deputatlari Parkent tumani Kengashidagi partiya guruhi a’zosi F.Yoqubovga "Xo‘ja" MFYda istiqomat qiluvchi fuqarolardan murojaat bo‘lgan edi. Unga ko‘ra, hududda gaz bosimi past va bu aholiga turli qiyinchiliklar tug‘dirmoqda.

Deputat F.Yoqubov bu borada tuman hokimi va gazlashtirish korxonasi rahbariga uchrashdi. Suhbat davomida "Fayz" ko‘chasida gazlashtirish loyihasi noto‘g‘ri tuzilganini bildirdi. Shuningdek, quvurlar eski va noto‘g‘ri hajmda qo‘yilgani ta’kidlandi. Bu esa gaz bosimining pasayishiga olib kelmoqda.

Deputatning sa’y-harakatlari bilan loyiha qayta tayyorlandi. Mutaxassislar tavsiyasi bilan xonadon egalari hashar tashkil qilindi. Mahalla ahli gazlashtirish bo‘limi xodimlarining ko‘magida 250 ta xonadondagi tabiiy gaz quvurlari yangilandi va gaz ta’minoti tiklandi.

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish