Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi doimiy komissiyalarining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish kun tartibidan 2024-yilda belgilangan ayrim masalalar ijrosiga oid masala o‘rin oldi.
Jumladan, doimiy komissiyalar Majburiy ijro byurosi Bo‘ston tumani bo‘limi tomonidan 2024-yilning 12 oyida amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, Bo‘ston tumani mahalliy budjetining yil boshidagi erkin qoldiq mablag‘larini yo‘naltirish to‘g‘risidagi masalalar muhokama qilindi.
Kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan mas’ullar hisobotlari eshitildi.
Partiyamizdan saylangan deputatlar mas’ullarga elektorat manfaatlariga oid masalalarda savollar bilan murojaat qildi. Amalga oshmay qolgan vazifalarning nazoratini kuchaytirishga oid fikr-mulohazalarini bildirdi.
Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.